Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026ning eng yaxshi gollari reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026ning eng yaxshi gollari reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi

Foto: O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov FIFA tomonidan o‘tkazilgan 2026 yilgi Jahon chempionatining eng chiroyli goli bo‘yicha so‘rovnomada ikkinchi o‘rinni egalladi. Ushbu golni Shomurodov Kongo DR terma jamoasi darvozasiga kiritgandi.

Reytingda birinchi o‘rinni Kabo-Verde terma jamoasi himoyachisi Sidni Kabralning Argentina terma jamoasi darvozasiga kiritgan goli egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga urgan goli avvalroq Jahon chempionati guruh bosqichining eng chiroyli goli deb e’tirof etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring