Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiya va Suriyada 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Turkiya va Suriyada 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Yevropa O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyaning markaziy qismida 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Mutaxassislarning fikricha, kuchli silkinishlar epitsentri 1,065 millionga yaqin aholi istiqomat qiladigan Gaziantep shahridan 26 kilometr uzoqlikda joylashgan. Mutaxassislarning qo‘shimcha qilishicha, epitsentr markazi 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

«TRT Haber»ning ma’lum qilishicha, mamlakat janubi-sharqidagi Qahramanmarash, Malatya, Shanliurfa va Gaziantep viloyatlarida yuzlab binolar qulab tushgan.

Vayronalar ostida qolib ketgan insonlarni qutqarish ishlari olib borilmoqda. Hozircha halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida to‘liq ma’lumot berilgani yo‘q.

Zilzila Suriya shaharlarida ham sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya va Suriyaning bir qancha shaharlarida o‘nlab uylar qulab tushgan. Kamida 20 kishi halok bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring