«Baxti Tashkentskiy»ning qo‘lga olingani rasman tasdiqlandi
Bir muddat oldin O‘zbekiston bo‘ylab jinoyat olamining ayrim taniqli shaxslari, jumladan, «Baxti Tashkentskiy» laqabi bilan mashhur Baxtiyor Qudratullayevning qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan mazkur xabarlar rasman tasdiqlandi.
IIBBga ko‘ra, B.Qudratullayev Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) va 276-modda 2-qismi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash) kabi jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinyapti.
«Ushbu shaxs va boshialar tahdid va kuch ishlatish yo‘li bilan pul mablag‘larini qonunga hilof ravishda qo‘lga kiritish bilan shug‘ullangan. Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchi B.Z.Qudratullayev protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda», – deyiladi rasmiy xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter