Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«FlyNas» aviakompaniyasiga Jidda va Toshkent o‘rtasidagi aviaqatnov uchun ruxsat berildi

«FlyNas» aviakompaniyasiga Jidda va Toshkent o‘rtasidagi aviaqatnov uchun ruxsat berildi

Saudiya Arabistonining «FlyNas» aviakompaniyasiga Jidda – Toshkent – Jidda yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.

Aviakompaniya 15-sentyabrdan ushbu yo‘nalish bo‘yicha reyslarni amalga oshirishni boshlaydi.

Qayd etilishicha, «O‘zaviatsiya» agentligi tomonidan 2022-yil 26-avgustda «FlyNas» (Saudiya Arabistoni) aviakompaniyasining 2021-yil 25-iyundagi 12-K-sonli Ekspluatatsion ruxsatnomasiga O‘zbekiston Respublikasiga muntazam reyslarni amalga oshirish uchun yangi Jidda – Toshkent – Jidda yo‘nalishi kiritilgan.

Aviakompaniya Jidda – Toshkent – Jidda yo‘nalishida haftasiga uch marotabadan parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirgan.

«FlyNas» aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni Airbus 320 havo kemalarida amalga oshiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring