Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlarga alohida ruxsatnomalar beriladi

Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlarga alohida ruxsatnomalar beriladi

Joriy yil kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun alohida ruxsatnomalar berish joriy qilindi.

Ruxsatnomada abituriyent haqidagi ma’lumotlardan tashqari imtihon haqidagi ma’lumotlar ham mavjud bo‘ladi.

Ya’ni, unda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan:

  • yo‘nalish;
  • oliy ta’lim muassasasi nomi;
  • manzil;
  • sanasi va vaqti aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabariga ko‘ra, hozirda ruxsatnomalar my.uzbmb.uz saytida shakllantirilmoqda. Jarayon yakunlangandan so‘ng, abituriyentlar shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Xabarda, shuningdek, imtihonlar o‘tkaziladigan sana bo‘yicha tez orada qo‘shimcha xabar berilishi eslatib o‘tilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring