Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga yangi rais tayinlandi

Abdurashid Jo‘raboyev O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga raisi etib tayinlandi.

U 2023-yil 14-fevraldan buyon Bosh vazir kotibiyati rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Abdurashid Jo‘raboyev mehnat faoliyati davomida Prezident maslahatchisi o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati mudiri va Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi lavozimlarida ham faoliyat ko‘rsatgan.

A.Jo‘raboyev ushbu lavozimda 2017-yildan buyon MTRKga rahbarlik qilib kelayotgan Alisher Xodjayevning o‘rnini egallagan.

Hozircha A.Xodjayevning nima sababdan ishdan olingani haqida rasmiy ma’lumot berilmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring