Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston temir yo‘llari»da ilk bor kontreyler tashishlar amalga oshirildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari»da ilk bor kontreyler tashishlar amalga oshirildi

Mavjud temir yo‘l infratuzilmasi asosida O‘zbekistonda ilk bor kontreyler tashishlar — ya’ni avtotransport vositalarini temir yo‘l platformalarida tashish bo‘yicha amaliyot sinovi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Sinov doirasida Toshkent shahri ichidagi yuk oqimi aniqlandi va bu shahar ichida hamda mintaqaviy darajada yangi multimodal logistika yechimlarini joriy etish imkonini yaratmoqda.

Tashish jarayonida yangicha mustahkamlash qurilmasi qo‘llanildi. Bu qurilma avtotransportni platformaga tez va xavfsiz joylashtirish, shuningdek, yukni yetikazishdagi ishonchlilikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Loyiha Toshkent davlat transport universiteti olimlari tomonidan tashkil etildi, va innovatsion logistika yechimlarini milliy temir yo‘l tizimiga joriy etish bo‘yicha ilmiy-amaliy faoliyatning muhim qismi hisoblanadi.

Bundan avtomobil yo‘llarida tirbandlikni va atmosferaga chiqariladigan CO₂ chiqindilarini kamaytirish, yoqilg‘i va ekspluatatsiya xarajatlarini tejash hamda milliy transport tizimining samaradorligini oshirish kabilar ko‘zlangan.

Loyiha Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib, ekologik toza va zamonaviy texnologiyalarni transport sohasiga joriy etish strategiyasining bir qismi hisoblanadi.

Bu tajriba O‘zbekistonda barqaror, «yashil» va intellektual yuk tashish tizimini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam, deya baholanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring