Ko‘p til bilgan sekin qariydi — tadqiqot
Inson qancha ko‘p til bilsa, shuncha sekin qariydi. Nature Aging ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqotning mualliflari shunday xulosaga kelishdi.
Chet tillarini bilish nafaqat yoshlikni uzaytirishda yordam beradi, balki keksalarda aqliy zaiflik xavfini kamaytiradi. Til tizimlari o‘rtasidagi doimiy almashinuv kognitiv zaxira deb ataluvchi narsa — yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni qoplashga qodir bo‘lgan miyadagi qo‘shimcha neyron aloqalarini shakllantiradi, deyiladi tadqiqotda.
Olimlarning fikricha, chet tili darslari yoshga bog‘liq o‘zgarishlarning oldini olishda zararli odatlardan voz kechish va jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish kabi muhim chora bo‘lishi mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter