O‘zingizni va yaqinlaringizni issiqdan asrang! FVV tavsiya qiladi
O‘zbekistonda joriy yilning 13–17-iyul kunlari havo harorati keskin ko‘tarilishi kutilmoqda.
Jaziramada qanday saqlanish kerak. Favqulodda vaziyatlar vazirligi bu borada o‘z tavsiyalarini berdi:
- 10:00–17:00 oralig‘ida imkon qadar ochiq quyosh ostida bo‘lmang.
- Paxta, kanop kabi tabiiy matolardan tayyorlangan yengil kiyimlarni tanlang.
- Yorqin rangli bosh kiyim kiying va quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqing.
- Suv ichish rejimiga qat’iy amal qiling, suvsizlanishga yo‘l qo‘ymang.
- Zarurat bo‘lmasa, jismoniy faollikni kunning salqin vaqtlariga rejalashtiring.
O‘zingizni va yaqinlaringizni issiqdan asrang!


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter