Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ulug‘bek Oripov

Ba’zan sukut haqiqatdan afzal bo‘lishi mumkin.

Kitobdagi voqea yoxud «blogerning norasmiysi» bo‘ladimi?

Kitobdagi voqea yoxud «blogerning norasmiysi» bo‘ladimi?

Foto:«Linerseao.ru»

Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida «Soxta bloger odamlarni qo‘rqitib 500 AQSh dollari talab qildi» nomli sarlavhali xabar chiqdi. Holat bo‘yicha Qashqadaryo viloyati prokuraturasi munosabatini ham o‘qidim.

Bir-ikkita mulohaza tug‘ildi. Do‘ppini tanchani ustiga qo‘yib bayon qilsam.

Birinchidan, «bloger» so‘zining birinchi planga chiqarilishiga e’tibor bering. Hozir internet turli-tuman fikrlar, tanqidlar makoniga aylangan. Ular ichida samimiy, nosamimiysini ajratish juda qiyin. Kimdir halq uchun, kimdir halqum uchun yozadi. Ammo halqumi uchun yozadiganlar jurnalistikaga, blogerlikka, ijodkorlikka qarshi provokatsiya, noto‘g‘ri qarash uchun xamirturush tayyorlab berishyapti. Kimdir uchun internetda bo‘layotgan barcha tanqidiy chiqishlarni qoralash uchun sabab topildi: «Ana bloger deysanlar, ahvolini ko‘rib qo‘y!». Tanqidiy materiallar tayyorlash va so‘z erkinligiga zarar beradi bu hol.

Kitob tumanida asosan faqat markazda internet ishlaydi. Odamlar yangiliklarni ko‘pincha TV orqali kuzatadi. Hali-hanuz internetni yomon ko‘rish, uni imkoniyatlaridan foydalanmasdan ko‘ngilochar va yengil fikrlar jamlanmasi deb bilish kuchli. Sifatli kontentni kuzatadiganlar kam. Internetni sal-pal tushungan chalasavodlar esa undan bilganicha foydalanib qolishga harakat qiladi. Yuqoridagi holatdan keyin oddiy odam «internetinggayam, blogeringgayam» devoradi.

«Soxta bloger», «norasmiy blogerlik faoliyati» degan tushunchalarning o‘zi bahsli. «Soxta jurnalist» bo‘lsa ham mayli. Internetda shaxsiy fikrini yozgan har qanday shaxsni bloger sifatida qabul qilmoq mumkin. Qaysidir yomon ishi uchun kimdandir bloger yasalib, salbiy bo‘yoq tortilishi kerak emas. Blogerlikni biron muassasa o‘qitmaydi, guvohnoma bermaydi, litsenziyalashtirmaydi. Xo‘sh, norasmiy so‘zi nega kerak?

Avval tumanimizda internet sifatini yaxshilaylik. Odamlar undan foydali ma’lumotlar olsin, xilma-xillikni o‘rgansin. Haqiqiy, jonkuyar blogerlarni tanisin. Hozircha internet bilan bog‘liq vaziyat quyidagicha:

1. Yoshi kattalar (ular ichida ziyolilar bor, internetni kuzatadi, lekin ko‘p emas) tarmoqni nokerak deb o‘ylaydi, rivojlantirmaslik tarafdori.

2. Yoshlar (ular ikkiga bo‘lingan, birinchi guruh internetdan ko‘ngilochar maqsadda foydalanadi, ikkinchisi haqiqatda foydalanuvchi va ma’lumot istemol qiluvchi)

Kimningdir kamchiligini topib, undan pul talab qilgan va Feysbukka joylagan odam biz biladigan bloger ham, ijodkor ham, nyusmeyker ham emas. U oddiy fitnachi va qonunbuzar xolos.

Bularning barchasi kaminaning shaxsiy qarashidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring