Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni, haqiqatdan o‘zga hech narsani…

Ovozlarni sanash jarayonida kimlar ishtirok etishi mumkin?

Ovozlarni sanash jarayonida kimlar ishtirok etishi mumkin?

Foto: Sherzod Ikramutdinov

Ko‘pchilik so‘rayotgani uchun, tushuntirish berib o‘tmoqchiman. Ovozlarni sanash jarayoniga quyidagilar kirishga haqli:

— siyosiy partiyaning vakolatli vakili (Saylov kodeksi 34, 58-moddasi);
— kuzatuvchilar (SK 33, 58-moddasi)
— ommaviy axborot vositalarining vakillari (SK 35, 58-moddasi).

Boshqa shaxslar ovozlarni sanash jarayoniga kiritilishi mumkin emas.

Bitta narsani yaxshilab tushuning, ovozlarni sanash jarayoniga kirish degani, bu ovozlarni sanashda yordam berish degani emas. Vakolatli vakil, kuzatuvchilar va OAV vakillari byulletenlarga qo‘l tekkizishi, ularni sanashga yordam berishi, ovozlarni sanab chiqishga aralashishi mutlaqo taqiqlanadi.

Sizlar faqat o‘sha xonada saylov komissiyasi vakillarining ishini nazorat qilib turasiz xolos. Bunga quyidagilarga alohida e’tibor bering:

— ovoz berilgan byulletenlar nomzodlarga to‘g‘ri ajratilyaptimi;
— haqiqiy bo‘lmagan va buzilgan byulletenlar alohida olib qo‘yilyaptimi;
— ishlatilmagan byulletenlar ovoz berish jarayoniga aralashtirilmayaptimi;
— va boshqa shu kabi holatlarni kuzating.

Ovozlarni sanash jarayonida video va fotodan foydalanish mumkin!!!

Agar uchastka saylov komissiyasi raisi yoki a’zolari bu mumkin emas, deyishsa, unda ulardan qaysi qonunning qaysi moddasida bu yozib qo‘yilganini so‘rang. Topib bera olishmasa, qarshilik qilishga haqqi yo‘qligini tushuntiring.

Yana qaytaraman, oxirida ovozlarni sanab chiqish yakunlari bo‘yicha bayonnomani RUChKAda to‘ldirishni va imzolashni talab qiling hamda ulardan nusxa oling.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring