«Zarafshon» daryosi bo‘yidagi to‘qayzor yana yondi
Bugun, 13 yanvar kuni soat 16:30 larda Jomboy tumani «Olmazor» MFY hududidan o‘tuvchi «Zarafshon» daryosi bo‘yidagi to‘qayzorda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Yong‘inni bartaraf etishga FVB ning 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida xabarlar kelib tushmagan.
Hozirda FVB xodimlar tomonidan yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda, deyiladi FVV xabarida.
Ushbu to‘qayzorda deyarli har yili yong‘inlar yuzaga keladi. Avvallari to‘qayzorda qalin daraxtlar ko‘p bo‘lgan. Yong‘in natijasida katta daraxtlar kesilib, o‘tin qilib sotilgan. Hozirda to‘qayzorda yirik daraxtlar deyarli qolmagangan. Borlari ham har yong‘indan keyin kesib yuboriladi. Shu sabab «Zarafshon» milliy tabiat bog‘i asosan mayda butalar va yong‘inlardan keyin qayta o‘sib siqqan chakalaklar bilan qoplangan.
Avvalroq «Zarafshon» milliy bog‘i hududida noqonuniy binolar qurilishi avj olgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter