Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kartoshkani eng ko‘p yetishtiruvchi viloyatlar nomi ma’lum qilindi

Kartoshkani eng ko‘p yetishtiruvchi viloyatlar nomi ma’lum qilindi

Foto:«Xabar.uz»

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020yilning yanvar - sentyabr oylarida 2 432,7 ming tonna kartoshka yetishtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2019 yilning mos davriga nisbatan 101,6 %ni tashkil qildi.

Joriy davrda yetishtirilgan kartoshka hajmini boshqa toifadagi xo‘jaliklar bilan taqqoslaganda yuqori ko‘rsatkichlar 2 096,1 ming tonna yoki umumiy ishlab chiqarish hajmining 86,2 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi.

Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan fermer xo‘jaliklarida 4,2 %, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 1,0 % hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 34,8 % o‘sish qayd etildi.

Kartoshka ishlab chiqarish umumiy hajmining eng yuqori ulushiga ega hududlar:

Samarqand viloyati - 21,1 %
Surxondaryo viloyati - 11,8 %
Toshkent viloyati - 10,9 %
Farg‘ona viloyati - 9,9 %
Andijon viloyati - 9,4 %

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring