Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida turistik tashriflar soni oshgan – statistika

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida turistik tashriflar soni oshgan – statistika

2025-yilning yanvar–noyabr oylarida jami 2,7 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Yaponiyaga safar qilgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,2 foizga oshgan.

Joriy yilning 11 oyida Yaponiyaga borgan O‘zbekiston fuqarolarining safar maqsadlari tahlil qilinganda — sayohat maqsadida 2,2 ming nafar, qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida 294 nafar, o‘qish uchun 137 nafar, xizmat yuzasidan 58 nafar hamda davolanish maqsadida 4 nafar fuqaro safar qilgan.

Shuningdek, mazkur davrda O‘zbekistonga qariyb 30 ming nafar Yaponiyaliklar turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.

Yaponiyalik turistlar soni avvalgi yilning mos davriga nisbatan 41,1 foizga ko‘paygan.

Yaponiyaliklarning safar maqsadlari tarkibida sayohat ustunlik qilib, 27,6 ming nafarni tashkil etgan. Shuningdek, qarindoshlarni yo‘qlash — 1,5 ming nafar, xizmat yuzasidan — 784 nafar, o‘qish — 71 nafar, tijorat maqsadida — 1 nafar tashrif qayd etilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring