Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

11 yoshli bola onasi ustidan Ombudsmanga shikoyat qildi

11 yoshli bola onasi ustidan Ombudsmanga shikoyat qildi

Bola huquqlari bo‘yicha vakil A.Yunusovaning shaxsiy qabuliga 11 yoshli bola N.R. buvisi bilan birga kelib, onasi bilan yashaydigan uydan buvisinikiga qochib ketgani, opasi, akasi va singlisi onasi bilan qolgani hamda otasi vafot etganini ma’lum qilgan.

Onasi tomonidan uch marta ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgani murojaatchi bolaning so‘zlariga ko‘ra, bir kuni onasi pichoq bilan uning ko‘krak qafasiga urganidan tanasida chandiq qolgan.

Shuningdek, 11 yoshli bolakay maktabga bora olmasligi, o‘qishni bilmasligi, buvisi bilan yashashni hohlashini, onasi doimiy ravishda aroq ichishini, unga yaxshi munosabatda bo‘lmasligini bildirgan.

Joriy yilning 16 iyun kuni holatni joyiga chiqib o‘rganish uchun Bola huquqlari bo‘yicha vakil A.Yunusova, Bola huquqlarini ta’minlash sektori vakili hamda mahalla xotin-qizlar faoli bolaning onasi F.R.ning xonadoniga borgan. F.R.ning o‘zini odobsizlarcha tutib, xonadon eshigini ochmasdan, barchani haqoratlab, ketishlarini talab qilgan.

Holat yuzasidan tezkorlik bilan hamkor tashkilotlar, jumladan, ichki ishlar organlari xodimlari bilan ishlar olib borildi. Shu kuni F.R.ning spirtli ichimliklar ta’sirida bo‘lganligi va bu holat ko‘pdan beri davom etib kelayotganligi, uyining sanitariya holati qoniqarli emasligi va qaramog‘ida bo‘lgan bolalari qarovsiz qolgani aniqlangan.

«F.R. davolanish uchun tibbiy muassasaga joylashtirildi. Bolalar onasi davolanib oilasiga qaytguncha Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Bolalarga huquqiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring