Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2021 – 2027 yillarda qancha lift yangilanadi?

2021 – 2027 yillarda qancha lift yangilanadi?

2021 – 2027 yillarda ko‘p kvartirali uy-joylardagi lift uskunalarini ta’mirlash va yangilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanishi kutilmoqda. Prezidentning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Hujjat loyihasiga muvofiq, 2021 – 2027 yillarda respublika bo‘yicha jami 3561 ta lift ulardan 90 tasini kapital ta’mirlash va 3471 tasini yangisiga almashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Unga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan raqam hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 4;
Andijon viloyati – 22 ta;
Buxoro viloyati – 10 ta;
Jizzax viloyati – 6 ta;
Qashqadaryo viloyati – 6 ta;
Navoiy viloyati – 134 ta;
Namangan viloyati – 4 ta;
Samarqand viloyati – 157 ta;
Surxondaryo viloyati – 9 ta;
Toshkent viloyati – 5 ta;
Farg‘ona viloyati – 30 ta;
Xorazm viloyati – 12 ta;
Toshkent shahri – 3162;

Qaror loyihasi bilan tanishish va unga munosabat bildirish joriy oyning oxiriga qadar davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring