2026-yilda ham nomerlar bron qilingan: Al-Anvar mehmonxonasi
– Assalomu alaykum, Izzatillo. Mana bugun siz va Al-Anvar mehmonxonasi bilan tanishishga keldik.
– Xush kelibsizlar!
– Bu mehmonxona yo‘nalishida necha yildan buyon faoliyat yurg‘izasiz va bu mehmonxonada qaysi lavozimdasiz?
– Izzatillo Umarov bo‘laman. Mehmonxona yo‘nalishiga ishga kirib kelganimga to‘rt yil bo‘ldi. Lekin o‘qish bilan hisoblab kirib kelganimga olti yil to‘ldi. Bu Al-Anvar mehmonxonasida hozirda bosh menejer vazifasida ishlab kelyapman. To‘rt yil mehmonxonada ishlagan bo‘lsam, bir yil har xil lavozimlarda ishlab, bir yildan keyin bosh menejer bo‘lishni boshlaganman, ya’ni uch yil bo‘lyapti.
– Zo‘r. Necha yoshdasiz?
– 23 yoshdaman.
– Eng yosh bosh menejerlardan.
– Shunaqa.
– Al-Anvar mehmonxonasi nechanchi yil ish faoliyatini boshladi?
– Al-Anvar mehmonxonasi 2023 yil may oyida mehmonlarga o‘z eshiklarini ochgan. Hududi 8 sotixni tashkil etadi. Mehmonxonamiz 70 ta nomerdan tashkil topgan. Hududimiz, ya’ni mehmonxonaning hududi 4900 kvadrat. Ba’zi nomerlarimiz uchta, ba’zilari beshta, ba’zilari to‘rtta xonadan iborat. Ba’zi bir nomerlar bir xonali bo‘ladi, ba’zi bir nomerlar ikki, uch, undan ko‘p, mana shunaqa. 148 kishini bir vaqtda qabul qila olamiz. To‘qqizta kategoriyadan tashkil topgan.
– Qaysilar?
– Ular: Standard Twin, Standard Double, balkonli Standard xonamiz, ya’ni Standard Twin with balcony, Standard Double with balcony yoki Deluxe xonalarimiz bor: Deluxe Twin xonamiz va Deluxe with balcony, ya’ni balkonli. Va Superior xonamiz bor: Superior Twin, Superior Double. Undan tashqari, Family Suite xonamiz bor va Apartment nomerimiz bor.
– Xonalarni ko‘rib chiqdik, juda ajoyib ishlangan. Va bu xonalarning narxi qanaqa hozirgi kunda?
– Mehmonxonada doim bir xil narx ushlab turilmaydi. Ushlab turishning iloji ham yo‘q. Albatta, o‘ziga yarasha narxlar siyosati bor. Biz bizga qo‘yilgan talabdan boshlab, narxda o‘z taklifimizni bildiramiz. Ya’ni hammaga har xil narx, talabiga yarasha narxlar beriladi. Agar siz ko‘chadan shunchaki kelib narximizni bilmoqchi bo‘lsangiz, hozirda 1,5 milliondan narxlarimiz boshlanadi.
– 1,5 milliondan tepasi necha pulgacha?
– 1,5 milliondan 5,5 milliongacha narxlar beriladi.
– Mavsumda qancha o‘zgarishi mumkin?
– Mana shu narximiz mavsuda deyarli o‘zgartirmaymiz. Bu ko‘chadan keluvchi mehmonlar uchun, ya’ni walk-inlar deymiz. Walk-inlarga o‘zgarmaydi. Korporativ mehmonlarimiz yoki tur firmalar uchun ular bilan o‘zimizning shartnomalarimiz bor. Shunga asoslanib ishlaymiz.
– Sizlarda ham bir yil oldin xonalar band qilinadimi?
– Albatta, albatta. Ba’zi bir tashkilotlar hozirdan 2026 yilga ham nomerlarni bron qilib bo‘lishgan. Bizdan nomerni sotib olgan mehmon bir paytning o‘zida har qanday soliqlar ichida bo‘lib, nonushtamiz narxiga kiritilgan bo‘ladi. Nonushtani ko‘rdinglar, milliy uslubda. Nonushtamiz vaqtini – besh kun, ya’ni dushanbadan jumagacha 7 dan 10 gacha, shanba va yakshanba kunlari mehmonlarning yaxshiroq dam olishini hisobga olib, 7 dan 11 gacha qilib qo‘yganmiz. Undan tashqari, soat ertalab 7 dan kechki 7 gacha SPA zonamiz mehmonlarimizga xizmat ko‘rsatadi. U ham narxining ichida bo‘ladi. Sport zalimizni ko‘rdingiz, sport zalimiz u 24 soat mehmonlarimiz uchun ochiq. U hamma xarajatlarning ichida.
– Umuman, yoshlikdan mehmonxona sohasiga qiziqish o‘zi bo‘lganmi? Kim qiziqishingizga sababchi bo‘lgan?
– Endi juda yoshlikdan boshlanmagan, albatta. Oldin birinchi advokat bo‘laman deb niyat qilardim. Keyinchalik, shu 16-17 yoshimda mehmonxona sohasiga qiziqish boshlangan. Akamlar bor, Nursulton Odilov. Ular Hotel Pro kompaniyasiga asos solgan odam. Akam menga maslahat bergan.
– Turizm sohasini hozir qanaqa ahvolda deb o‘ylaysiz?
– Hozir, masalan, yaxshi va bundan ham yaxshilashib boryapti.
– Yana yaxshi bo‘lishi uchun nimalar qilish kerak deb o‘ylaysiz, yosh mutaxassis sifatida?
– Yanada yaxshi bo‘lishi uchun, masalan, biz O‘zbekiston haqiqiy mehmondo‘st xalqligini ko‘rsatib bera olishimiz kerak. O‘zbekistonga tashrif buyursa, arziydigan mamlakatligini ko‘rsatib bera olishimiz kerak. O‘zbekistonni o‘zgacha qadriyatga egaligini ko‘rsatib bera olsak, menimcha, turizmimiz yanada rivojlanadi. Avvalo, eng asosiysi ular rozi bo‘lishi kerak bizdan. Har bitta bo‘limimizning o‘z menejeri bor. Ko‘pincha menejerlar bilan gaplashamiz. Ya’ni menejmentda o‘zi shox-shox bo‘lib chiqadi-da. Masalan, bo‘lim ishchilari bo‘lim menejeriga, bo‘lim menejeri bosh menejeriga qarab boshqaruv tizimi tashkil topgan bo‘ladi. Shundan teskarisiga yurib, masalan, men bo‘lim menejerlari bilan gaplashaman. Muammolar bor yoki yo‘qligi hal qilinadi. Lekin bir oyda bir katta majlis qilamiz. Unda hamma qatnashadi va hammaga bo‘lgan, masalan, talablar bo‘lsa aytiladi va hammadan, kimdandir qanaqadir e’tiroz bo‘lsa, hammadan so‘rab olinadi. Shunga qarab, ularning fikr-mulohazalari o‘rganib boriladi. Undan tashqari, ularni, ularga motivatsiya berish uchun har oyda birinchi haftasida oy ishchisi tadbirini uyushtiramiz. Tadbirda o‘tgan oyning eng yaxshi ishlagan xodimi taqriban olinadi. Albatta, hamma yaxshi ishlagan bo‘ladi. Ularning ichidan qiyoslab olib, unga o‘zimizning sovg‘amizni topshiramiz. Har oy bo‘ladi. Rag‘batlantirish, motivatsiya bo‘ladi. Oylikdan tashqari.
– O‘zbekistonda eng zo‘r deb bilgan ikkita mehmonxonani aytib bera olasizmi?
– O‘zim ko‘p mehmonxonalarda qolmayman. Bilmadim, lekin men uchun, aslida, eng yoqadigan, tashqaridan ko‘rganda ham chiroyli mehmonxona Intercontinental, Trilliantning ichida, bilsangiz. U yoqadi. Undan keyin, albatta, Hilton yoqadi. Baribir, rivojlangan joyda qurilgan shahar – Tashkent siti ichida. Ikkisi yoqadi.
– Chet davlatlarda bo‘ldingizmi?
– Yo‘q, hali bo‘lmaganman.
– Bo‘lmagansiz. Bo‘lishni xohlaysiz?
– Albatta. O‘zi shu sohada ishlaydigan odamning niyati ham baribir boshqa joylarni ko‘rish bo‘ladi-da.
– Hozir nechta til bilasiz?
– Rus, ingliz, turk tilini bilaman.
– Zo‘r, ajoyib. Izzatillo, bundan oldin, yana nechta mehmonxonada ishladim dedingiz? Qaysi mehmonxonalarda aynan ishladingiz?
– Mehmonxonada ish faoliyatini birinchi ish o‘rganish bilan Qo‘qondan boshlaganman. Qo‘qonda Silk Road Kokand degan mehmonxona bor. O‘sha yerdan boshlaganman. Keyin Toshkentdagi Central Palace mehmonxonasiga o‘tganman. U yerda ishlaganman. Keyin Art Billur mehmonxonasiga o‘tganman. Art Billurdan City Line degan mehmonxonaga o‘tganman. U yerdan Navza Palacye mehmonxonasiga o‘tganman. Navza Palacyedan Art Billurga qaytganman. Art Billurdan Friday Old City degan mehmonxonaga o‘tganman. Undan Al-Anvarga kelganman.
Keyingi ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter