3 yashar bolani qasddan o‘ldirgan shaxs ushlandi
O‘zi bilan qonuniy nikohsiz yashab kelayotgan ayolning avvalgi turmushidan tug‘ilgan farzandini vahshiylarcha o‘ldirgan shaxs ushlandi.
Shu yilning 9 iyul kuni Yashnobod tuman, Yakkatol ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda ijara asosida yashab kelayotgan 1993 yilda tug‘ilgan erkak, ushbu manzilda qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelgan ayol bilan kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida, ayolning birinchi turmushidan 2021 yilda tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga pichoq bilan bir necha marotaba tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan. Bola shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter