9-iyun kuni qancha kishi kasallangani bo‘yicha ma’lumot berildi

2021-yil 9-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 102605 (+243) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
6 nafari Andijon viloyatida,
7 nafari Buxoro viloyatida,
27 nafari Qashqadaryo viloyatida,
1 nafari Navoiy viloyatida,
4 nafari Namangan viloyatida,
25 nafari Samarqand viloyatida,
4 nafari Sirdaryo viloyatida,
7 nafari Surxondaryo viloyatida,
13 nafari Farg‘ona viloyatida,
6 nafari Xorazm viloyatida,
33 nafari Toshkent viloyatida,
108 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 702 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3311 nafar bemor davolanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter