Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vazirligi korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan tanlov e’lon qildi

Adliya vazirligi korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan tanlov e’lon qildi

Adliya vazirligi 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan «Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi» nomli umummilliy insholar tanlovini tashkil etdi.

«Biz korrupsiyaga qarshimiz» megatanlovi doirasida o‘tkazilayotgan ushbu tanlovda o‘rta umumta’lim maktablarining yuqori sinflari va oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirok etishi mumkin. 

Tanlov 1 oktyabrdan 1 dekabrgacha uch bosqichda o‘tkaziladi.

Bir qator xalqaro tashkilotlar homiyligida o‘tadigan insholar tanlovining har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblariga Samsung S9 smartfoni beriladi. 

Uch bosqichda, guruhlar bo‘yicha o‘tadigan tanlovning har bir bosqichi uchun alohida mavzu beriladi. Birinchi va ikkinchi bosqichda (tuman  va viloyat bosqichlarida) insholar hududiy adliya organlari hamda hamkor vazirliklarning hududiy tashkilotlari tomonidan tuzilgan hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi.

Uchinchi – respublika bosqichiga yetib kelgan ishtirokchilarning insholari maxsus portalga qabul qilinadi va o‘sha yerda baholanadi. Baholash jarayoni shaffof va adolatli bo‘lishi uchun ommaning ko‘z o‘ngida onlayn tarzda kechadi.

Tanlov g‘oliblari Konstitutsiya kuni hamda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni arafasida e’lon qilinadi.

Insho mavzulari “Huquqiy axborot”telegram kanalida e’lon qilinadi.

Batafsil ma’lumot va tanlov shartlari bilan www.adliya.uz saytida tanishish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring