Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘onistonda yana portlash: kamida 4 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda yana portlash: kamida 4 kishi halok bo‘ldi

Foto: «Haber7.com»

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida bomba yuklangan mashina portlatib yuborildi. Oqibatda kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda «Haber7».

Bomba yuklangan mashina mamlakat razvedkasiga tegishli mashinalar yo‘ldan o‘tayotganida portlatilgan. Buning oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi yaralangan. Yaralanganlar zudlik bilan shifoxonalarga yotqizilgan.

Kobul politsiyasi matbuot kotibi Hashmat Stanekzoiyning aytishicha, voqea mahalliy vaqt bilan soat 05:00 da sodir bo‘lgan.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, «Tolibon» jangarilari ijtimoiy tarmoqlar orqali voqeani o‘z zimmasiga olganini, ko‘plab harbiylar halok bo‘lganani ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring