Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Afrosiyob» tezyurarining chiptalarini qalbakilashtirganlar aniqlandi

«Afrosiyob» tezyurarining chiptalarini qalbakilashtirganlar aniqlandi

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan chiptalarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq bir nechta firibgarlik holati qayd etildi.

Ulardan biri joriy yilning 4-may kuni 766-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdining «Toshkent-Samarqand-Buxoro» yo‘nalishida harakatlangan yo‘lovchi poyezdda sodir bo‘lgan.

Ya’ni tegishli mutaxassislar ishtirokida yo‘lovchi poyezdlarda xizmat tekshiruvlari o‘tkazilganida mazkur holatda chiptaga elektron tarzda boshqa shaxslarning ma’lumotlarini kiritish orqali qalbakilashtirilib, bir nechta fuqaro harakatlanayotgani aniqlangan.

Yo‘lovchi poyezdida firibgarlik yo‘li bilan harakatlangan yo‘lovchilarga qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring