Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholining bor-yo‘g‘i 13 foizi o‘zgarishlarni sezmoqda

Aholining bor-yo‘g‘i 13 foizi o‘zgarishlarni sezmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati

Joylarda o‘tkazilgan so‘rovlarda, bor-yo‘g‘i 13 foiz aholi tibbiyotda ijobiy o‘zgarishlarni sezayotganini bildirgan. Bu haqda tibbiyot sohasidagi islohotlarning Sog‘liqni saqlash vazirligi, uning viloyat, tuman va shahar quyi bug‘inlari hamda mahalliy ijro idoralari tomonidan qay darajada amalga oshirilayotgani yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektorda ma’lum qilindi.

— Ayniqsa, Andijon, Xorazm va Toshkent viloyatlarida yashovchi aholi bu sohadagi ishlar ahvolidan norozi.

So‘nggi bir yil ichida tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan 20 dan ortiq Farmon va qarorlar qabul qilinib, barcha masalalar hal qilib berildi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda budjetdan 21 trillion so‘m ajratilgan edi (2017 yilga nisbatan 3 baravar ko‘p).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring