Amerika dengiz piyodalari Yaqin Sharqqa yetib keldi
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining USS Tripoli desant kemasi Yaqin Sharqqa yetib keldi, deb bayonot berdi Pentagon markaziy qo‘mondonligi.
«America toifasiga kiruvchi ushbu desant kemasi 31-ekspeditsiya dengiz piyodalari bo‘linmasining Tripoli jangovar amfibiya guruhi flagmani hisoblanadi. Uning tarkibiga 3,5 mingga yaqin dengizchi va dengiz piyodalari, shuningdek, transport va zarbdor qiruvchi aviatsiya, desant-shturm va taktik vositalar kiradi», — deyiladi X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotda.
Mart oyi o‘rtalarida Wall Street Journal nashri Yaponiyada sohillaridagi USS Tripoli kemasi va undagi dengiz piyodalari mintaqadagi keskinlik kuchayishi fonida Yaqin Sharqqa yo‘l olgani haqida yozgan edi.
Ko‘plab mutaxassislar buni Fors ko‘rfazidagi dengiz xabi hisoblangan va Eronning neft infratuzilmasi ob’yektlari joylashgan Xark orolini egallash bo‘yicha ehtimoliy operatsiya bilan bog‘lamoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter