Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Boshlandi! Amerikaliklar Rossiya futbolchilarini doping tekshiruvidan o‘tkazishga chaqirmoqda

Boshlandi! Amerikaliklar Rossiya futbolchilarini doping tekshiruvidan o‘tkazishga chaqirmoqda

Foto: «kremlinrus.ru»

Futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ham doping mojarolari yuzaga kelishi mumkin. Amerika antidoping agentligi (USADA) rahbari Trevis Taygart Rossiya terma jamoasi futbolchilarini doping tekshiruvidan o‘tkazish kerakligini ta’kidladi. Bu masala jamoaning mundial nimchorak finaliga muddatidan avval yo‘l olgani sababli ko‘tarildi, deb xabar bermoqda Lenta.ru.

Taygartning fikricha, chempionat halol o‘tkazilayotganiga ishonch hosil qilish uchun ham tekshiruv o‘tkazish zarur.  

«Juda yuqori natijalar ko‘rsatayotgan jamoalarini tez-tez tekshirib turish lozim», - qayd etgan u.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi o‘z tarixida birinchi marta JChning 1/8 finaliga muddatidan avval yo‘l oldi. Mundial mezbonlari dastlab Saudiya Arabistonini 5:0, so‘ng Misrni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring