Yurak ham bor ekan. Andijon viloyati hokimi majburiy mehnatga jalb qilish bo‘yicha shoshilinch topshiriq berdi
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov hammani majburiy mehnatga jalb qilish bo‘yicha shoshilinch topshiriq berdi. Bu haqda huquqshunos-bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev xabar berib o‘tdi.
«Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning qilgan ishini qarang.
2 avgustda Prezident yonib-kuyib, qayg‘urib, jon kuydirib selektor qildi, bu kishim esa 3 avgust kuni hammani majburiy mehnatga jalb qilish haqida ShOShILINCh TOPShIRIQ beribdi. Maqsad — Prezidentga ishlar jadal ketayotganligi haqida ko‘rsatiladigan videoni chiroyli chiqarish uchun ekan.
Tovba, bularga haqiqatdan mutlaqo farqi yo‘q ekan, na Konstitutsiya, na qonun, na Prezident gaplari ta’sir qiladi.
Qoyil, shunchaki qoyil! Yurak ham naq kitning yuragi ekan!» — deya yozadi Xushnud Xudoyberdiyev.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Buxoroda budjet tashkilotlari xodimlari qabristonni tozalash bo‘yicha majburiy mehnatga jalb etilgani xabar qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter