Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda bir guruh shaxslar Effect.uz jurnalistini kaltakladi

Andijonda bir guruh shaxslar Effect.uz jurnalistini kaltakladi

Skrinshot

Andijonda Effect.uz internet nashri jurnalisti bir guruh shaxslar tomonidan kaltaklagan.

Holat yuzasidan Bosh prokuratura va Jurnalistlari ijodiy uyushmasi munosabat bildirdi. 

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi mazkur holatni qoralagan. 

«Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi, «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunlarida jurnalistning o‘z faoliyatini amalga oshirish chog‘ida shaxs daxlsizligi kafolatlangan, jurnalistning qonunda belgilangan huquqlarini buzganlik, uning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga tahdid, zo‘ravonlik yoki tajovuz qilganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi mazkur holatni amalga oshirgan shaxslar xatti-harakatlariga munosib huquqiy baho berilishiga va tegishli choralar ko‘rilishiga ishonadi hamda Bosh prokuraturadan ishni o‘z nazoratiga olishini so‘raydi, deyiladi uyushma bayonotida.

Shuningdek, tashkilot Andijon shahar hokimligidan ayni vaziyat yuzasidan tezkor munosabat bildirishni hamda xizmat tekshiruvi o‘tkazishni so‘ragan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring