Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda er o‘z xotinini jazmani bilan ushlab oldi va bo‘g‘ib o‘ldirdi

Andijonda er o‘z xotinini jazmani bilan ushlab oldi va bo‘g‘ib o‘ldirdi

Foto: «Xabar.uz»

2018-yil 30-may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘z tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilgan M.O.Mga oid jinoyat ishi yuzasidan hukm o‘qildi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar berdi.

M.O.M. 2018-yilning 19-yanvar kuni soat 14:00lar chamasida oila a’zolari bilan vaqtincha yashab kelayotgan Bo‘z tumanida turmush o‘rtog‘i M.M.Y.ni noma’lum erkak kishi bilan birga bo‘lganini, ushbu shaxs deraza oynasi orqali xonadondan chiqib qochib ketganini ko‘rgan.

U turmush o‘rtog‘i M.M.Y.ni ushbu noma’lum erkak kishi bilan jinsiy aloqada bo‘lganlikda ayblab, u bilan o‘zaro janjallashib, uni xonadon mehmonxonasiga olib kirib, qo‘llari bilan bo‘yin sohasidan bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirgan.

Foto: «Xabar.uz»

Tuman sudining 2018-yil 30-may kungi hukmi bilan M.O.M.ga nisbatan 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring