Andijonda hokim yordamchilarining boshi yig‘ilishdan chiqmayotgani aytilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev hokim yordamchilari har qanday byurokratiyadan xoli bo‘lishi, hech qaysi hokim yoki rahbar ularni majlislarga chaqirmasligi, turli hisobotlar bilan «ko‘mib tashlamasligi» lozimligi haqida gapirgandi.
Andijonda prezidentning bu talabiga amal qilinmayotgani haqida hokim yordamchilari murojaat qilishmoqda.
Qayd etilishicha, hokim yordamchilarining boshi yig‘ilishdan chiqmayapti, kamiga har kuni har xil jadvallar so‘rovnomalar to‘ldirish bilan ovvora ular.
«Shuncha topshiriqa koshki na bir xona, na bir kompyuter, na bir jihoz yoki sharoit qilib berilgan bo‘lsa. Bitta ko‘ylak kiydirib qo‘yib, tayyor ishlayotgan ish joyimizdan olib chiqib qo‘yishgan bo‘lsa. Aksariyat hokim yordamchilariga hech qanday sharoit qilib bermasdan, tong saharlab ish vaqti boshlanmasidan yig‘ilishga aytishyapti», deyiladi murojaatda.
Aytilishicha, soat 07:30 da viloyat bo‘yicha boshlangan majlis 09:45 tugagan. Keyin esa majlisbozlik tuman hokimliklarida davom etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter