Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Afg‘oniston, Iroq va Suriyadagi urushlarga qancha mablag‘ sarflagan?

AQSh Afg‘oniston, Iroq va Suriyadagi urushlarga qancha mablag‘ sarflagan?

Foto: «uznayvse.ru»

AQSh Mudofaa vazirligi Afg‘oniston, Iroq va Suriyadagi urushlarga 1,5 trillion dollar mablag‘ sarflanganini ma’lum qildi. Bu haqda «Sabah.com.tr» xabar bermoqda.

Pentagonning ma’lumotlariga ko‘ra, 2001 yil 11 sentyabr kuni Amerikadagi Butunjahon savdo markazining egizak binolariga uyushtirilgan terrorchilik hujumidan keyin Afg‘oniston, Iroq va suriyadagi turli terroristik guruhlarga qarshi urush ochilgan. Ushbu urushlarga 1,5 trillion AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflangan.

Nashrning ma’lum qilishicha, ayni paytda ham Afg‘oniston, Suriya, Iroqda davom etayotgan urushlarga sarflanayotgan mablag‘ 185.5 milliard dollar (1,5 trilliondan tashqari)ni tashkil etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring