Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh Grenlandiyani mustaqil davlat sifatida ko‘rishni istamoqda

AQSh Grenlandiyani mustaqil davlat sifatida ko‘rishni istamoqda

Foto: AP

Donald Trampning Grenlandiya bo‘yicha maxsus vakili Jeff Lendri Vashington Grenlandiyani iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat sifatida ko‘rishni xohlashini bildirdi.

U bu haqda Grenlandiyaning Sermitsiaq gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi. Lendrining so‘zlariga ko‘ra, orolning Daniyaga qaramlikdan mustaqillikka o‘tishi uchun «ajoyib imkoniyatlar» mavjud.

«Prezident Grenlandiyani iqtisodiy mustaqil holda ko‘rishni istaydi», – dedi u.

Jeff Lendri 17-may kuni Grenlandiyaga ilk rasmiy tashrif bilan bordi. U 2025 yil dekabrida Tramp tomonidan grenlandiya-amerika munosabatlari bo‘yicha maxsus vakil etib tayinlangan edi.

Hozirda u mintaqada investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan Future Greenland 2026 iqtisodiy forumida ishtirok etmoqda.

Shu bilan birga, Grenlandiya bosh vaziri Yens-Frederik Nilsen AQShning orol ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmaganini aytdi.

The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, AQSh, Grenlandiya va Daniya hukumatlari o‘rtasida maxfiy muzokaralar davom etmoqda. Nashr yozishicha, Mark Ryutte Trampni Grenlandiyani kuch bilan egallash g‘oyasidan qaytarganidan keyin muzokaralar faollashgan.

Xabarlarga ko‘ra, Vashington Grenlandiya bilan harbiy kelishuvni o‘zgartirish va hatto orol mustaqillikka erishgan taqdirda ham AQSh qo‘shinlarining u yerda muddatsiz qolishini ta’minlashga intilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring