Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«AQSh va Xitoy rejasi» sarob bo‘lib chiqdi

«AQSh va Xitoy rejasi» sarob bo‘lib chiqdi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xatirchi tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tadbir o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, unda fuqaro S.A. fuqaro U.O.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari orqali 5 000 AQSh dollari evaziga AQShga jo‘natish uchun viza va boshqa hujjatlarni tayyorlab berishini aytib, oldindan 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi, Sergeli tuman bo‘limi, DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda, fuqarolar E.X. va Sh.T. fuqaro F.O.ning ishonchiga kirib, tanishlari orqali uning nomiga Xitoydan chaqiruv taklifnomasini jo‘natish va ushbu davlatga kirish vizasini tayyorlab berishi evaziga 700 AQSh dollari va 300 ming so‘mni olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring