AQShda 55 milliard dollarlik qurol sotildi
AQSh Mudofaa, xavfsizlik va hamkorlik agentligi 2018 yilning o‘tgan davri mobaynida 55,66 milliard dollar miqdorida xorijga qurol-yarog‘ sotilganini ma’lum qildi, deya xabar beradi «Haber7.com». Bu o‘tgan yilga nisbatan 33 foizga ko‘pdir.
55,66 milliard dollar miqdoridagi qurol-yarog‘dan 47,71 milliardi chet davlatlarga, 3,52 milliardi AQSh Tashqi ishlar vazirligi, 4,42 milliard miqdoridagisi esa Mudofaa vazirligi tomonidan xorijdagi harbiy tashkilotlarga yordam tariqasida berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter