Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avgust oyida 4 mingdan ortiq oila ajrashib ketgan

Avgust oyida 4 mingdan ortiq oila ajrashib ketgan

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning avgust oyida respublika bo‘yicha 4123 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan.

Hududlar kesimida nikohdan ajralish holatlari soni bo‘yicha dastlabki beshtalikni – Toshkent shahri (530 ta) hamda Farg‘ona (508 ta), Samarqand (448 ta), Toshkent (419 ta) va Namangan (398 ta) viloyatlari band qilgan.

Eng kam raqamlar esa Navoiy, (114 ta), Sirdaryo (137 ta) va Jizzax (158 ta) viloyatlarida qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning yanvar-iyul oylarida respublika bo‘yicha 28 507 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgani xabar qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring