Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avstraliyada so‘nggi 40 yillikdagi eng qalin qor yog‘di

Avstraliyada so‘nggi 40 yillikdagi eng qalin qor yog‘di

Golf-klub, Yangi Janubiy Uels.

Foto: Armidale Golf Club/Reuters

Avstraliyada dam olish kunlari qor yog‘ishni boshladi. Shanba kuni Yangi Janubiy Uels shtatida 40 santimetrgacha qor yog‘ib, 1980-yillar o‘rtalaridan buyon rekord yangilandi, deyiladi Sky News xabarida.

Mamlakat meteorologiya idorasi Avstraliyaning ko‘p shaharlari so‘nggi o‘n yilliklardagi eng qalin qor bilan qoplanganini ma’lum qildi. Kvinslend shtatining ayrim tumanlarida o‘n yilda birinchi marta qor yog‘di.

Yangi Janubiy Uels.
Foto: Naufal Armanditya

BBC avstraliyaliklar qorbo‘ron o‘ynab, qorbobo yasashayotgani aks etgan videolavhani tarqatdi. Bir erkak jurnalistga «umrida birinchi marta qorni ko‘rayotganini» aytgan.

Qor faqat quvonch keltirgani yo‘q. Kuchli qor va yomg‘ir aralash yog‘ishi oqibatida Yangi Janubiy Uelsning ayrim joylarida dam olish kunlari 1 455 ta hodisa yuz berdi. Favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lum qilishicha, 100 dan ortiq avtomobil qor uyumida qolib ketgan, qor bo‘roni binolarga shikast yetkazgan, ba’zi hududlarda yirik toshqinlar ro‘y bergan. O‘nlab uylar elektrdan uzilib qolgan. Politsiya suv oqizib ketgan 26 yoshli ayol qidirilayotgani haqida bayonot bergan.

Yangi Janubiy Uels.
Foto: Matt Walsh 

Yangi Janubiy Uels — Avstraliyaning aholisi eng ko‘p shtati. Sidney shu shtatda joylashgan.

Global iqlim o‘zgarishlari so‘nggi yillarda Avstraliya ob-havosini beqaror qilib qo‘ydi. Ammo qalin qor qit’ada oldin ham yoqqan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring