Angren hududiga kelib qolgan qo‘ng‘ir ayiq hali tirik ekani ma’lum bo‘ldi
2-noyabr kuni internet tarmoqlarida Angren shahri Dukent qo‘rg‘onida joylashgan aholi yashash punktida ayiq yurganligi haqidagi video xabar tarqatilgan edi.
Ushbu holat yuzasidan shu vaqtning o‘zida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida viloyat IIBB 2-mintaqaviy hudud PPX xodimlari va Angren shahar IIB tomonidan ushbu ayiq ushlanib xavfsiz joyga joylashtirilgan.
Hozirda ayiq sog‘-omon va xodimlar qo‘riqlovida.
Erta tongdan uni yovvoyi tabiatga qaytarish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter