Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayol ilonlar bilan to‘la quduqda 54 soat qolib ketdi

Ayol ilonlar bilan to‘la quduqda 54 soat qolib ketdi

Foto: South China Morning Post

Xitoylik ayol ilonlar bilan to‘la eski quduqqa tushib ketib, u yerda 54 soat jon saqladi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

Nashr yozishicha, 48 yoshli ayol o‘rmonda sayr qilib yurib, baland o‘tlar orasida yashiringan chuqur tashlandiq quduqqa tasodifan tushib ketgan. Va u yerdan o‘z kuchi bilan chiqa olmagan.

Ayol quduq devoridagi toshga yopishib, suv ilonlari va chivinlarning chaqishiga qaramay, ikki kundan ortiq shu alfozda jon saqladi. Uni ovozidan topib kelishdi va quduqdan chiqarib olishdi.

Jabrlanuvchining ikki qovurg‘asi singan, o‘pkasiga ham ozroq shikast yetgan.

Ayolning aytishicha, bir necha bor taslim bo‘lmoqchi bo‘lgan, ammo qizi va keksa ota-onasi haqidagi o‘ylar unga umid bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring