Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AYOQShlarda qator qoidabuzarliklar aniqlandi — vazirlik

AYOQShlarda qator qoidabuzarliklar aniqlandi — vazirlik

Foto: «Xabar.uz»

Energetika vazirligiga ko‘ra, oy boshidan o‘rtacha kunlik 7137 tonnadan avtobenzin birja savdolari orqali sotuvga qo‘yib borilgan. Shuningdek, «O‘zbekneftgaz» AJga qarashli barcha avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida (AYoQSh) Ai-80 markali avtobenzinning 1 litri 5700 so‘mdan sotilmoqda.

O‘rganishlar davomida respublika bo‘yicha 109 ta tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli xususiy AYoQShlarda bir qator qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligi (narxni asossiz ravishda oshirib sotish, kamomadga yo‘l qo‘yish, sifatsiz mahsulot tarqatish, kam quyish va boshqa holatlar) aniqlandi.

Jumladan, Andijon viloyatida 4 ta, Buxoro viloyatida 8 ta, Jizzax viloyatida 4 ta, Qashqadaryo viloyatida 19 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 ta, Namangan viloyatida 4 ta, Samarqand viloyatida 26 ta, Surxondaryo viloyatida 1 ta, Toshkent viloyatida 5 ta, Toshkent shahrida 7 ta, Farg‘ona viloyatida 22 ta hamda Xorazm viloyatida 4 tani tashkil qiladi.

Misol uchun, Andijon viloyati Izboskan tumanida joylashgan «RAVON OIL TEXSERVIS» MChJga qarashli AYoQShda Ai-92 rusumli avtobenzinning sifati buzilganligi, Ai-80 rusumli avtobenzin narxini oshirib sotilayotganligi (7 000 so‘m);

Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan «BUYuK KURGON» xususiy korxonasiga qarashli AYoQShda Ai-92 rusumli avtobenzinning sifati buzilganligi;

Xo‘jaobod tumanida joylashgan «VODIY TRANS OIL» MChJga qarashli AYoQShda Ai-80 rusumli avtobenzin narxini oshirib sotilayotganligi (7 000 so‘m) va Ai-92 rusumli avtobenzin sifati buzilganligi aniqlandi.

Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida joylashgan «Shirin» xususiy korxonasiga qarashli AYoQShda Ai-92 (5 001 litr) rusumli avtobenzin sifatsiz ekanligi;

Tuproqqal’a tumanidagi «Avtogaz Muqaddas» MChJga qarashli AYoQShda Ai-80 rusumli avtobenzinni kam quyish holati aniqlandi.

Namangan viloyatida Uychi tumanidagi «Davr plyus» MChJ va Uchqo‘rg‘on tumanidagi «Furqatjon OIL» MChJlarga qarashli AYoQShlarda sotilayotgan Ai-92 rusumli avtobenzin sifatsiz ekanligi aniqlandi.

«Mazkur tadbirkorlik sub’yektlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgunga qadar birja savdolari orqali Ai-80 rusumli avtobenzin xarid qilishga cheklovlar o‘rnatildi va nazoratga olindi. Yo‘l qo‘yilgan qonun buzilish holatlariga huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan huquqiy baho berilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring