Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bankomatdan katta miqdorda naqd pul yechishning «foizi» oshirilmoqda

Bankomatdan katta miqdorda naqd pul yechishning «foizi» oshirilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Ayrim tijoriy banklar tajriba tariqasida bankomatlar orqali yirik naqd yechish uchun 1,5 foizdan 3 foizgacha komissiya o‘rnatmoqda.

Bir milliongacha naqd yechish uchun komissiya avvalgidek o‘zgarishsiz qolgan – 1 foiz.

Ta’kidlashlaricha, odatda «barigalar» (tijoriy maqsadlarda naqd puldan foydalanuvchilar) katta miqdordagi naqdlikni yechib ketishadi, pensioner/ budjetniklarga naqd pul qolmaydi. Ya’ni naqd pulga nisbatan iste’mol xaridi uchun talabgorlarning talabi qondirilmay qoladi.

Bozor va biznes qoidalariga ko‘ra, talab va taklifni muvozanalash uchun katta miqdorda naqdlik yechish uchun yuqoriroq komissiyalar o‘rnatilishi iste’molchilar uchun ham, banklar uchun manfaatli bo‘ladi, deb yozadi Otabek Bakirov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring