Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Bavariya» Sadio Maneni jarimaga tortdi

«Bavariya» Sadio Maneni jarimaga tortdi

«Bavariya» klubi hujumchisi Sadio Mane jamoadoshi Leroy Sane bilan mushtlashgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda Goal nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, jarima miqdori 500 ming yevroni tashkil etdi.

Hodisa 11-aprel kuni Chempionlar ligasining birinchi chorak final o‘yinidan so‘ng sodir bo‘ldi, «Bavariya» safarda «Manchester Siti»ga yirik hisobda yutqazdi.

OAV xabariga ko‘ra, Mane Sanega hujum qilib, uning yuziga musht tushirgan. Qayd etilishicha, futbolchilar avval maydonda janjallashib qolgan, keyin esa kiyinish xonasida janjal davom etgan. 

13-aprel kuni Myunxen klubi rahbariyati Maneni Bundesliganing 28-turidan o‘rin olgan «Xoffenxaym»ga (15 aprel) qarshi o‘yinga tayyorgarlikdan chetlatgan, shuningdek, afrikalik futbolchini ham jarimaga tortgan.

«Bavariya» va «Siti» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 19-aprel kuni Germaniyada bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring