Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Behzod Musayev tadbirkorlar bilan kelishgan soliqchilarni tanqid qildi

Behzod Musayev tadbirkorlar bilan kelishgan soliqchilarni tanqid qildi

Foto: «Xabar.uz»

Davlat soliq qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Behod Musayev noinsof va poraxo‘r soliqchilar haqida gapirib, ularni jinoyatchi-o‘g‘ri deb atadi. Bu haqda u «Xabar.uz» saytiga bergan intervyusida gapirib o‘tdi.

— Hamma soliqdan qo‘rqadi. Nimaga? Chunki u moddiy emas, jinoiy jazo bo‘ladi, — dedi B.Musayev. — Shunday tizimni yaratishimiz kerakki, ertaga soliq to‘lovchi bilsin, men majburiyatimni yashirmayman, berkitmayman, desin. Lekin agarda majburiyatini to‘liq bajargan odamga birorta odam yaqinlashadigan bo‘lsa, ertaga chora-chora-chora. Unday narsa bo‘lishi kerak emas.

1250 nafar odamni ishdan bo‘shatdik. Tuzilmasini ham ishdan bo‘shatdik, o‘zini ham. Boshqa nazorat sohasiga ularni olmaymiz, ichida sal tuzukrog‘i bo‘lsa, ko‘rib chiqamiz. Lekin asosiy maqsadimiz: umuman ularni yaqinlashtirmaslik. Chunki ular shu tizimning ichiga kirib, tarbiyani olgan, shu tizimning ichida o‘sgan. Boshqa gapni tushunmaydi. Nima deb gapirganingizda ham, nima deb izoh berganingizda ham, tushunmaydi u narsani. Chunki shundan tarbiya olgan odam.

Ikkinchi tomoni bor, tadbirkor bilan kelishish ham noto‘g‘ri narsa. Siz menga taklif berasiz: menga qara, men tinch yuray, men senga faloncha narsa berib turaman, 100 dollarmi, 200 dollarmi... Endi hammasining o‘z stavkasi bor. Qishloqda arzonroq, shaharda qimmatroq. Siz menga jinoiy ish taklif qilyapsiz, mening g‘ururim, Vatan manfaati cho‘ntagimdan ancha past. Siz qo‘rqmay jinoyat qilasiz. Chunki bilasiz, kelishib olgan odamingiz bor, nazorat o‘zingizniki. Qaysi militsiya xodimi bilan shunday narsaga kelishish mumkin? Men senga berib turaman-da, men o‘g‘rilik qilaveraman. Bunaqa narsa yo‘q-ku. Jamiyatda bormi shunaqa hukm? Yo‘q. Nimaga soliqda bo‘lishi kerak? O‘g‘rilikdan nima farqi bor bu narsaning.

Majburiy tarzda shu narsa yo‘lga qo‘yiladiki, kelishuv yo‘q bo‘lib ketadi endi. Iltimos, siz ham to‘g‘ri ishlang, menga hech narsa taklif qilmang. Chunki men siz bilan kelishgan taqdirda, biz boshqa joyda kelisholmaymiz. Nazorat — birovni qiynash emas, birovni to‘g‘ri ishlashga o‘rgatish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring