Behzod Musayevga sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarish yuklandi
Hukumatning tegishli qaroriga (№457, 30.07.2020-y) ko‘ra, Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Anvarovich Musayevga bir vaqtning o‘zida sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarish yuklandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida statsionar sharoitda rejali davolash muolajalarini olayotgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter