Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Joriy yil 2-noyabr kuni AQShning Las-Vegas shahridagi «Theatre at Virgin Hotels» majmuasida Golden Boy promouterlik kompaniyasi o‘zining navbatdagi professional boks oqshomini o‘tkazadi.

Ushbu oqshomda mazkur kompaniya bilan hamkorlik qiluvchi yagona o‘zbekistonlik bokschi — Bektemir Meliqo‘ziyev ham ringga ko‘tariladi. O‘sha kuni Bektemirga amerikalik Devid Stivens raqiblik qiladi.

Oqshomning markaziy jangi esa Floyd Skofild va Rene Telles o‘rtasida kechadi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Bektemir Meliqo‘ziyev hamda uning bo‘lajak raqibi Devid Stivensning hisobida 14 tadan g‘alaba va 1 tadan mag‘lubiyat bor. Ya’ni, ularning statistikalari bir xil.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring