Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarus Ukrainadan «S-300» raketasi bilan bog‘liq hodisa aybdorlarini jazolashni talab qildi

Belarus Ukrainadan «S-300» raketasi bilan bog‘liq hodisa aybdorlarini jazolashni talab qildi

Belarus Ukraina hukumatidan Belarus havo mudofaa kuchlari tomonidan respublika havo hududida yo‘q qilingan «S-300» raketasi bilan bog‘liq hodisa uchun aybdorlarni javobgarlikka tortishni talab qilmoqda. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

«Biz Ukraina tomonidan ushbu raketaning uchirilishi bilan bog‘liq barcha holatlarni chuqur o‘rganishni va kelajakda halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan bunday hodisalar takrorlanmasligi uchun keng qamrovli choralar ko‘rishni talab qildik», – deydi Belarus Tashqi ishlar vazirligi.

Ukrainaning Belarusdagi elchisi Igor Kizima Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga keskin norozilik bildirilgan.

Belarus Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Anatoliy Glaz hodisaning sabablari va sharoitlari haqida ma’lumotga ega emasligini, shu bois voqea ataylab qilingan provokatsiyami yoki baxtsiz hodisa oqibatimi, degan savolga javob berolmasligini ta’kidlagan.

Belarus hukumati raketa bilan sodir bo‘lgan voqeani juda jiddiy deb baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Ukraina hududidan uchirilgan «S-300» zenit-raketa majmuasining raketasi payshanba kuni soat 10:00 da Belarus Qurolli Kuchlari havo mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan. Uning parchalari Ivanovoning Gorbaxa qishlog‘i yaqinida qulab tushgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring