Bir yilda avtomobillar soni 441 mingdan ko‘proqqa oshgan – statistika

2025-yilning 1-iyul holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 612,7 mingta avtotransport vositalari ro‘yxatga olingan.
Ularning asosiy qismini yengil avtomobillar (jamiga nisbatan ulushi 93 foiz) tashkil etadi.
2024-yilning mos davriga nisbatan esa avtomobillar soni 441,5 mingtaga oshgan.
Jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining turlari bo‘yicha soni quyidagicha:
- yengil avtomobillar – 4 289,0 ming dona;
- yuk avtomobillari – 302,6 ming dona;
- mikroavtobuslar – 7,7 ming dona;
- maxsus transport vositalari – 7,3 ming dona;
- avtobuslar – 6,1 ming dona.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter