O‘zbekistondagi korxonalarning 12,7 foizi sanoat sohasida faoliyat yuritmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-sentyabr holatiga O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 465,6 mingtani tashkil etgan.
Shundan 395,6 mingtasi yoki 85 foizi — kichik korxona va mikrofirmalar.
Korxona va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi:
- savdo sohasida — 32,5 foiz;
- sanoat sohasida — 12,7 foiz;
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida — 7,4 foiz;
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida — 6,3 foiz;
- qurilish sohasida — 6,4 foiz;
- tashish va saqlash sohasida — 3,6 foiz;
- axborot va aloqa sohasida — 2,4 foiz;
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida — 2,8 foiz;
- boshqa sohalarda — 25,9 foiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter