Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Birga kitob o‘qiylik» ommaviy kitobxonlik aksiyasi o‘tkazildi

«Birga kitob o‘qiylik» ommaviy kitobxonlik aksiyasi o‘tkazildi

Bugun  28 sentyabr kuni O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Birga kitob o‘qiylik” mavzuida ommaviy kitobxonlik aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan aksiya doirasida O‘zbekiston Matbuot va axborot agenetlik tizimidagi matbaa-nashriyot ijodiy uylari tomonidan chop etilayotgan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 

“Birga kitob o‘qiylik” mavzuida o‘tkazilgan ushbu ommaviy kitobxonlik aksiyasidan asosiy ko‘zlangan maqsad 2017 yilning 13 sentyabr kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-sonli qarorida aks etgan yoshlarimiz o‘rtasida kitob targ‘iboti, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini shakllantirishdan ibora ekanligi aksiya tashkilotchilari tomonidan ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, ommaviy kitobxonlik aksiyasida oliy o‘quv yurti talabalari va o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirga jalb etilgan taniqli san’atkorlar, shoirlar, adiblar va aktyor-aktrisalar tomonidan  yoshlarni kitobxonlik madaniyatini va kitob mutolaasiga qiziqtirish maqsadida badiiy adabiyotlardan parchalar o‘qib berishdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining turli hududlarida tashkil etilgan maxsus maydonchalarida taniqli yozuvchi va shoirlar, bolalar yozuvchilari bilan badiiy uchrashuvlar, mushoiralar va suhbatlar tashkil etildi.

Ushbu aksiya doirasida “Yosh kitobsevar”, “Mening birinchi kitobim”, “Kitobxon oila”, “Kitob – beminnat ustoz”, “Kitobga mehr qo‘ysangiz, u sizni albatta munosib taqdirlaydi”, “Odamiylik kitobga bo‘lgan ehtiromdan boshlanadi”, “Kitob o‘qishda farzandlaringizga avvalo o‘zingiz o‘rnak ko‘rsating!” kabi mavzularda sovrinli intellektual viktorinalar tashkil etildi.

Shuningdek, “Men sevgan kitoblar” mavzuida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi hamda “Bolalarga kitob o‘qishga mehr uyg‘otishda ota-onalarga maslahatlar” nomli flayerlar tarqatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring