Biryo‘la 4 ta hududda koronavirus holati qayd etildi
2020-yil 5-oktyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 59 078 (+132) nafarni tashkil etmoqda.
SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 60 nafari Toshkent viloyatida, 35 nafari Namangan viloyatida, 30 nafari Toshkent shahrida, 7 nafari Xorazm viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 208, Toshkent viloyatida 104, Jizzax viloyatida 43, Namangan viloyatida 25, Buxoro viloyatida 17, Andijon viloyatida 15, Surxondaryo viloyatida 10, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4, Qashqadaryo viloyatida 4, Xorazm viloyatida 3 nafar bemor tuzaldi.
Shu tariqa yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan 55 751 (+433) nafar fuqaro (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 842 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter