Biznes g‘oyadan – tayyor loyihagacha. O‘zmilliybank «mahalla bankirlari» uchun seminar-trening o‘tkazdi

Co‘nggi yillarda respublika tijorat banklari faoliyati mahallagacha tushirilgani o‘z natijasini bermoqda. Xususan, o‘tgan yilning 16 dekabrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokamasiga doir o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bildirilgan taklif asosida “Mahalla bankirlari” faoliyati yo‘lga qo‘yilgani “mahallabay” ishlash tizimida yangi bosqichni boshlab berdi.
Xozirgi kunda O‘zmilliybank tomonidan Toshkent shahri tumanlarida mahalla bankirlari va mahalla agentlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ular aholini tadbirkorlikka jalb etish, mavjud korxonalar salohiyatini kengaytirish va mahallada qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish borasida faollik ko‘rsatmoqda.
O‘zmilliybank AJ tashabbusi bilan mahalla bankirlari va agentlarining bilim darajasi, kasbiy malakasi va samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida 17 sentyabr kuni “Zakovat Arena” binosida seminar-trening o‘tkazildi. Ushbu seminar-treningda O‘zmilliybank va Markaziy bank mas’ullari va spikerlari ham ishtirok etishdi.
Tadbir savol-javob, taqdimot va interaktiv materiallar asosida tashkil etildi. Spikerlar hayotiy misollar bilan qanday qilib mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish mumkinligini tushuntirib o‘tdilar.
Tadbir iqtidorli yoshlarni birlashtirgan zakovat intelektual o‘yini bilan yakunlandi va dasturning faol ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bu turkumdagi tadbirlar respublikamizning boshqa xududlarida xam o‘tkazilib kelinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter