Biznesni rivojlantirish banki yaponiyalik hamkorlar bilan yangi loyihaga kirishdi
«Biznesni rivojlantirish banki», Yaponiyaning Yamagata prefekturasi hukumati va Yamagata universitetining tadbirkorlik ta’limi va tadqiqotlari markazi o‘rtasida Toshkent viloyatida iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan «Yori-I» loyihasini Anglashuv memorandumini almashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar berdi.
«Yori-I» loyihasining asosiy maqsadi tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish vositasida viloyatda mahalliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashdir. Bu o‘z navbatida, yangi bizneslarni yaratish va yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali amalga oshiriladi.
Loyiha Yamagata universiteti rahbarligida, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va O‘zbekiston - Yaponiya markazi (UJC) texnik ko‘magi ishtirokida «Biznesni rivojlantirish banki» hududiy markazlarida va Toshkent viloyati hokimiyati moliyaviy mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Memorandum almashinuv marosimi tomonlarning uzoq muddatli hamkorlikka va loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishga tayyorligini tasdiqladi. Ushbu marosim loyiha ishtirokchilari o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikka yo‘l ochib, Toshkent viloyatining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shadi, deyiladi bank xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter